Vinisius Braziliyaning 3:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 14:00
  • 671
  • 30

Braziliya terma jamoasining yulduz vingeri Vinisius Junior Jahon chempionati–2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Gaitiga qarshi g‘alabali o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahsda u bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi, «selesao» esa 3:0 hisobida zafar quchdi.

«Men Jahon chempionatiga katta maqsadlar bilan kelganman. Agar optimal sport formamda bo‘lsam, maydonda bor kuchimni beraman. Jamoamga gollar va assistlar bilan yordam berishga harakat qilaman. Gaiti bilan o‘yinda aynan shuni uddaladim. Terma jamoani chempionlik unvoniga boshlab borish uchun bundan keyin ham xuddi shu ruhda davom etishga harakat qilaman», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda UOL nashri.

Guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Braziliya terma jamoasi Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar