Vinisius Anchelottining ayyorona rejasi qanday ish berganini aytdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 14:22
  • 42
  • 30

Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior Jahon chempionati doirasida Gaitiga qarshi o‘tkazilgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng maydondagi pozisiyasi haqida fikr bildirdi.

Madridning «Real» klubi futbolchisi ushbu bahsda o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi, final xushtagidan so‘ng esa FIFA tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Anchelotti mendan raqib markaziy himoyachilari orasida, ichkariroqda harakat qilishimni so‘ragan edi. Bu pozisiyada o‘ynasam, ko‘p gol uraman, shu sababli Misterga tez-tez quloq solib turishim kerak. Endi u albatta futbolni juda yaxshi tushunishini aytib maqtanadi», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.

Eslatib o‘tamiz, «selesao»ning 25 yoshli hujum yetakchisi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi bahsda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar