
Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiral jamoaning JCH–2026 ni tark etganidan so‘ng o‘z tuyg‘ularini bayon qildi.
Turkiya terma jamoasi 2-turda Paragvayga (0:1) imkoniyatni boy berdi va 3-turdagi AQSHga qarshi o‘yin natijasidan qat’i nazar, guruhda so‘nggi, to‘rtinchi o‘rinni egallaydigan bo‘ldi.
«Judayam afsusdamiz. Turk xalqidan uzr so‘rayman. Ortiqcha gapga hojat yo‘q.
Nima deyishni ham bilmayman. Futbolda mana shunday damlar ham bo‘lib turadi. Barchadan uzr so‘raymiz. Kiyinish xonasida hammaning kayfiyati tushgan, hamma yig‘lagudek ahvolda.
Men ko‘p yillardan beri terma jamoada o‘ynayman, lekin bu faoliyatimdagi eng omadsiz uchrashuv bo‘ldi. Rostdan ham juda afsusdamiz.
Barcha yurtdoshlarimizdan kechirim so‘raymiz. Boshqa so‘z topa olmayapman.
Ba’zida shunchaki o‘xshamaydi. Ikkita o‘yinda raqiblar darvozasi tomon 70-75 ta zarba yo‘lladik. Maydonda bor kuchimiz bilan kurashdik, ikkala bahsda ham qo‘limizdan kelgan hamma ishni qildik deb o‘ylayman.
Biroq biz umuman kutmagan natijalarga duch keldik. Bunday bo‘lishi kerak emas edi. Bu yerda hammamiz aybdormiz.
Bizni deb xafa bo‘lgan barcha insonlardan, xalqimizdan chin dildan uzr so‘raymiz», — dedi Merix Demiral.