
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda Record nashri xabar tarqatdi.
Jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan bo‘lajak bahs uchun turli taktik variantlarni ko‘rib chiqmoqda va birinchi daqiqalardan boshlab maydonga bir yo‘la ikkita hujumchini tushirish ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi mundialdagi debyut o‘yinida kutilmaganda ochko yo‘qotib, Kongo DR bilan durang (1:1) o‘ynagan edi.
Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs seshanba kuni, 23 iyun sanasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning bosh hakami hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da yangraydi.