A1 finalda! United MFL finalchilari nomi to'liq aniq bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 17:24
  • 206
  • 30

United MFL turnirining ikkinchi finalchisi nomi ma'lum bo'ldi.

Kecha musobaqaning yarim final bosqichida A1 va Black Stone jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Murosasiz va yuqori tempda kechgan uchrashuv davomida har ikki jamoa final yo'llanmasi uchun bor kuchini ishga soldi. Maydondagi keskin kurash, xavfli vaziyatlar va muxlislar qo'llab-quvvatlovi o'yinga alohida shukuh bag'ishladi.

Yakunda Abror Muxtor Aliy boshchiligidagi A1 jamoasi raqibi Black Stone ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonib, United MFL finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, bundan avval Cosmos jamoasi ham final masalasini hal qilgan edi. Shunday qilib, musobaqaning bosh sovrini uchun final bahsida Cosmos va A1 jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

Mavsumning hal qiluvchi uchrashuvi 4-iyul kuni JAR stadionida bo'lib o'tadi. Final bahsidan oldin esa muxlislar uchun maxsus MFL Party tashkil etiladi. Tadbir davomida yurtimizning taniqli sanatkorlari ishtirok etib, tomoshabinlarga unutilmas bayramona kayfiyat ulashadi.

Shubhasiz, United MFL finali nafaqat futbol muxlislari, balki barcha sport ixlosmandlari uchun yozning eng yorqin sport tadbirlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

photo_2026-06-20_16-42-33.jpgphoto_2026-06-20_16-42-28.jpgphoto_2026-06-20_16-42-29.jpgphoto_2026-06-20_16-42-30.jpgphoto_2026-06-20_16-42-31.jpgphoto_2026-06-20_16-42-32 (2).jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar