Shvesiya bosh murabbiyi Potter Isak haqida: «Aleks o‘sishda davom etmoqda»

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 17:11
  • 25
  • 30

Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter JCH–2026 doirasida Niderlandiyaga qarshi kechadigan bahs oldidan hujumchi Aleksander Isakning imkoniyatlariga yuqori baho berdi. Uchrashuv 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Isak musobaqaning ilk turida Tunis ustidan qozonilgan yirik (5:1) g‘alabada bitta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, bosh rolni o‘ynagan edi. O‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Potter 26 yoshli futbolchi klubdagi jarohatlarga boy mavsumdan so‘ng, terma jamoadagi o‘yin amaliyoti tufayli o‘z sport formasini tiklab borayotganini ta’kidladi.

«Aleks ham jismoniy, ham sport formasi borasida o‘sishda davom etmoqda. U qancha ko‘p o‘yin o‘tkazsa, holati shunchalik yaxshilanib boradi. U o‘yin taqdirini hal qila oladigan yuqori mahoratga ega va biz undan bundan ham ko‘prog‘ini kutmoqdamiz. Unga terma jamoa muhitida bo‘lish va jamoadoshlari bilan ishlash yoqadi. Agar u maydonda erkin va o‘z kuchiga ishongan holda harakat qilsa, biz uchun juda muhim futbolchiga aylana oladi».

Shunday sermahsul startga qaramay, Potter shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslikka chaqirdi.

«Biz turnirni yaxshi boshladik, lekin oldinda hali uzoq yo‘l turibdi. Musobaqa endigina boshlandi va har bir o‘yin yangi sinovdir. Bizning vazifamiz — o‘yindan-o‘yinga kuchayib borish», — dedi murabbiy.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar