«Noshukr va johillar». Ronalduning opasi Portugaliya terma jamoasi futbolchilarini tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 17:11
  • 103
  • 30

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru milliy jamoa futbolchilarining akasiga bo‘lgan munosabatini qattiq tanqid qildi.

«Ularda hatto o‘z oilalariga ham hurmat yo‘q, qolaversa, hech kimga o‘zini isbotlashi shart bo‘lmagan va bu yerda faqat futbolga bo‘lgan muhabbati tufayli yurgan inson haqida gap ketmoqda. Noshukr va johillar», — deb yozdi Elma Instagram sahifasida.

Shuningdek, Ronalduning yana bir opasi Katya Brunu Fernandeshni tanqid qilgan postni ma’qullagan. Ushbu postda yarim himoyachi qat’iyatsizlik va yetakchilik mas’uliyatini zimmasiga olishni istamayotganlikda ayblangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning opasi bu bayonot bilan DR Kongoga qarshi JCH-2026 guruh bosqichi birinchi tur uchrashuvidan (1:1) keyin akasini himoya qilishga uringan. O‘sha bahsdan so‘ng 41 yoshli hujumchi samarali harakatlar ko‘rsata olmagani va o‘yinga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmagani uchun tanqidlarga uchragan edi.

Ronaldu oilasi a’zolarining bu harakatlari futbol jamoatchiligida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi yig‘inida bo‘linish va ichki muhitda taranglik yuzaga kelgani haqidagi taxminlar ham paydo bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar