
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash Jahon chempionati–2026 doirasida DR Kongoga qarshi kechgan o‘yindagi (1:1) durangdan so‘ng, jamoa va Krishtianu Ronaldu sha’niga aytilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Tanqidlar biz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu shunchaki ortiqcha shov-shuv va yirik turnirlarning ajralmas bir qismidir. Ha, hammasi shunchaki quruq shov-shuv.
O‘yin o‘xshamay qolgan paytda doim shunday bo‘ladi. Biz ortiqcha tanqidlardan uzoq bo‘lish uchun o‘z ishimizga e’tibor qaratganmiz.
Krishtianu esa, tabiiyki, OAV tomonidan bo‘ladigan bunday bosimlarga allaqachon ko‘nikib ketgan. Biz klubda ham, terma jamoada ham, Yevropa va Jahon chempionatlarida ham doimo mana shunday muhitga duch kelamiz», — dedi Ruben Diash.