Braziliya Jahon chempionatlari tarixidagi eng sermahsul terma jamoa sifatida Germaniyani ortda qoldirdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 13:55
  • 18
  • 30

Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining 2-turida Braziliya terma jamoasi Gaiti ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Ushbu yirik muvaffaqiyat evaziga «selesao» dunyo birinchiliklarida urilgan gollar soni bo‘yicha yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endilikda braziliyaliklar hisobida 241 ta gol mavjud.

Karlo Anchelotti shogirdlari bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z aktivlarida 239 ta gol bo‘lgan Germaniya terma jamoasini quvib o‘tishdi. Eslatib o‘tamiz, «bundestim» joriy Jahon chempionatidagi ilk o‘yinida Kyurasaoni 7:1 hisobida tor-mor etgan edi.

Dunyoning eng nufuzli turniri 11 iyun kuni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida start oldi va u 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar