O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa bayonot berdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 13:44
  • 244
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yangi post joylashtirdi. 41 yoshli futbolchi milliy terma jamoadagi sheriklari bilan tushgan suratini ulashib, unga ikki og‘iz so‘z bilan izoh berdi.

«Har doim birdammiz», — deb yozib qoldirgan yulduz hujumchi o‘z xabarida.

Jahon chempionati-2026 guruh bosqichining ilk turida Portugaliya terma jamoasi kutilmaganda Kongo DR bilan durang (1:1) o‘ynagan edi. O‘sha uchrashuvda Ronaldu samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Roberto Martines shogirdlari mundialdagi navbatdagi bahsni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv dushanba kuni, 23 iyun sanasida bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar