
Jahon chempionati-2026da AQSH terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan himoyachi Kris Richardsning fikricha, uning jamoasi o‘z uyida o‘tayotgan mundialda chempionlik uchun kurashishga qodir.
«AQSH terma jamoasining chempionlik unvonini qo‘lga kiritish istagi haqida gapirishni ahmoqona deb o‘ylamayman. Bungacha hali o‘yinlar ko‘p, biz qadamma-qadam oldinga harakat qilamiz. Mundial yakunida kubokni boshimiz ustida baland ko‘tarishni istaymiz», — deya amerikalik futbolchining so‘zlarini keltiradi ESPN telekanali.
AQSH terma jamoasi o‘z maydonlarida o‘tayotgan turnirda dastlabki ikkita uchrashuvda g‘alaba qozondi. Maurisio Pochettino shogirdlari Paragvay (4:1) va Avstraliya terma jamoalaridan ustun kelishdi. Guruh bosqichining so‘nggi bahsida amerikalik futbolchilar Turkiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.