So'nggi to'rtta JCH g'olibini to'g'ri topgan EA Sports bu safar ham bashorat berdi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 13:56
  • 441
  • 30

EA Sports Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 dagi g'alabasiga ishonmoqda.

EA Sports o'z bashoratini tvittyerda bo'lishdi.

EA so'nggi to'rtta Jahon chempionati g'olibini topa oldi. 2022 yilda kompaniya Argentinaning, 2018 yilda – Fransiyaning, 2014 yilda – Germaniyaning, 2010 yilda esa – Ispaniyaning g'alabasini bashorat qilgan edi.

JCH-2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Avvalroq FC 26 da Jahon chempionati va yangi evolyuciya tizimi mavjud bo'lgan patch chiqqandi.

Ўхшаш янгиликлар