
Eron milliy terma jamoasi JCH–2026 musobaqasida ishtirok etish uchun Meksikaga keldi. Futbolchilarning kiyimlarida «168» raqami tushirilgan maxsus nishonlar borligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu raqam 2026 yil 28 fevral kuni Minab shahridagi maktabga berilgan raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan bolalar xotirasiga bag‘ishlangan. Hodisada ko‘plab qiz bolalar qurbon bo‘lgan.
Keyinchalik mazkur zarba AQSH harbiylari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik ekani tasdiqlangan. Fojia oqibatida jami 175 kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq Eron terma jamoasi yig‘in bazasini AQSHdan Meksikaga ko‘chirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.