Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda

  • Mr.NoBoDy 20.07.2026 01:22
  • 112406
  • 30

Yarim himoyachi Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safida 50-o‘yinini o‘tkazmoqda. Bu Argentinaga qarshi jahon chempionatining final uchrashuvida sodir bo‘lmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, milliy jamoa safidagi avvalgi 49 ta uchrashuvning birortasida ham Ruis mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan – ispanlar 34 ta g‘alaba qozonib, 15 marta durang o‘ynashgan.

Ispaniya terma jamoasining amaldagi mag‘lubiyatsiz seriyasi esa biroz kamroq – 38 ta uchrashuvni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар