
UFC’ning yengil vazndagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov 2026 yilgi Jahon chempionatining o‘z ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Undan Lionel Messiga joy topilmadi.
Darvozabon o‘rnini Jordan Pikford (Angliya) egalladi. Himoyadan Dayo Upamekano (Fransiya), Pau Kubarsi (Ispaniya), Jed Spens (Angliya) va Ashraf Hakimiy (Marokash) joy oldi.
Maydon markaziga jangchi quyidagi futbolchilarni joylashtirdi: Jud Bellingem (Angliya), Rodri (Ispaniya), Lamin Yamal (Ispaniya) va Maykl Olise (Fransiya).
Hujum chizig‘iga Nurmagomedov Kilian Mbappe (Fransiya) va Erling Holandni (Norvegiya) safarbar etdi, bosh murabbiy sifatida esa Luis de la Fuenteni (Ispaniya) tanladi.
Nurmagomedov Krishtianu Ronalduning do‘sti va ashaddiy ishqibozi hisoblanadi.