
Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kaka mamlakat futbolida uzoq muddatli rivojlanish loyihasini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
"Jahon chempionatidagi voqealar ortda qolayotganimizni ko‘rsatmoqda. Ish uslubimizni qayta qurish Braziliya futbol konfederasiyasi tashabbusni o‘z qo‘liga olib, klublarni birlashtirishidan boshlanishi kerak.
Uzoq muddatli loyiha haqida o‘ylashimiz, yoshlar futbolini qanday rivojlantirish va futbolchilarni asosiy terma jamoaga qanday tayyorlashni aniq belgilab olishimiz zarur.
Masalan, Marokash loyihasi haqida ko‘p ma’lumotga ega emasman, ammo eshitganlarimga qaraganda, ular bu tizim ustida yillardan beri ishlamoqda. Yoshlar terma jamoalaridan asosiy jamoaga futbolchilar yetkazib berilmoqda.
Fransiya va Ispaniya ham biz uchun yaxshi namuna. Yoshlar futbolidan asosiy terma jamoagacha bo‘lgan tizimga e’tibor qaratishimiz kerak.
Biz hamma narsani har tomonlama tahlil qilib, kelajak uchun uzoq muddatli loyiha haqida o‘ylashimiz zarur", — dedi Kaka.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya JCH–2026 nimchorak finalida Norvegiyaga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan edi.