"Xorazm"ning "Paxtakor" maydonidagi yagona g'alabasi qachon yuz bergan?

  • Mr.NoBoDy 21.07.2026 15:48
  • 593
  • 30

Bugun Superliganing 13-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qiladi.

Jamoalar shu kungacha Toshkentda 9 bor to'qnash kelgan. Bu o'yinlarda "Paxtakor" 7 g'alabani qo'lga kiritgan. 1 ta o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, yana bitta bahsda g'olib aniqlanmagan.

"Xorazm"ning raqib maydonidagi yagona g'alabasi 2000 yilgi mavsumda qo'lga kiritilgan. Darvozalarga 5 ta gol urilgan oqshomda "Paxtakor" 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

“Paxtakor” - “Xorazm” - 2:3

02.05.2000, 10-tur, 5000 tomoshabin

Gollar:

1:0 - Igor Shkvirin (penaltidan)
2:0 - Dilmurod Nazarov
2:1 - Aleksandr Sazanov
2:2 - Vali Sultonov
2:3 - Vladimir Baranov

"Paxtakor": Ruslan Axmedxonov, Odil Isaboev, Qayrat O'taboev (Azamat Abduraimov, 36), Ulug'bek Asanboev (Dilmurod Nazarov, 55), Grigoriy Bogdanov, Murod Aliev, Vladimir Galyanov (Roman Bashirov, 80), Sobir Xodiev, Nig'mon Nurmatov, Igor Shkvirin, Andrey Strelcov.

"Xorazm": Aleksey Roshin, Zafar Ashurov, Vladimir Anikeev, Aleksandr Sazanov, Ruslan Axmedov, Aleksandr Ejov (Vali Sultonov, 57), Murod Sharipov, Murod Otajonov, Sergey Silin, Vladimir Baranov, Samad Narziqulov.

Ўхшаш янгиликлар