
Argentina terma jamoasi futbolchilari Lionel Messi va Rodrigo De Paul JCH–2026 finalidan so‘ng jamoa bilan Argentinaga uchib ketmadi. Bu haqda OneFutbol xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bunga har ikki futbolchining AQSHda yashashi va “Inter Mayami” safida to‘p surishi sabab bo‘lgan. Shu bois ular ta’tilni AQSHda boshlaydi.
Terma jamoa futbolchilarining faqat bir qismi charter reys orqali Buyenos-Ayresga yo‘l olgan.
Shuningdek, Argentina poytaxtida JCH–2026 kumush medali sohiblarini ommaviy kutib olish va taqdirlash marosimi o‘tkazilmasligi aytilmoqda.