
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes ijtimoiy tarmoqlar orqali «albiseleste»ning o‘tib ketgan JCH-2026 turniridagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
«Rahmat sanga, Argentina. Abadiy muhabbatimsan. Ushbu jamoaga aloqador bo‘lgan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Men uchun Argentina tarixidagi eng yaxshi terma jamoada o‘ynash katta faxr va sharaf bo‘ldi», — deyiladi yarim himoyachining postida.
Argentina jamoasi Jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. Final bahsida Lionel Skaloni shogirdlari Ispaniya terma jamoasiga kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Yagona golni ekstra-taymda hujumchi Ferran Torres kiritdi.