FIFA Jahon chempionatining eng chiroyli goli uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham bor.

Uning Kongo terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli turnirning eng chiroyli goliga nomzodlar qatorida turibdi.

Shuningdek, nomzodlar orasida Lionel Messi (Argentina), Kilian Mbappe (Fransiya), Xulian Alvares (Argentina), Jud Bellingem (Angliya), Erling Holand (Norvegiya), Ferran Torres (Ispaniya), Elayja Jast (Yangi Zelandiya), Sidne Lopes Kabral (Kabo-Verde), Karim Alajbegovich (Bosniya va Gersegovina), Uilson Isidor (Gaiti) va Dayzen Mayeda (Yaponiya) bor.

G‘olib FIFAning rasmiy veb-saytida muxlislar ovozi orqali aniqlanadi. Ovoz berish 48 soat davom etadi, shundan so‘ng xalqaro federasiya 2026-yilgi Jahon chempionatining yilning eng yaxshi goli muallifini e’lon qiladi.

Mana bu havola orqali FIFA saytiga o‘tib, Eldor Shomurodovning goliga ovoz berishingiz mumkin.