Merino: «Bu yoshlar bilan Ispaniyada oltin avlod shakllandi»

  • Mr.NoBoDy 21.07.2026 14:33
  • 256
  • 30

Ispaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino o‘tib ketgan JCH-2026 turniridagi triumf haqida fikr bildirdi. Final o‘yinida «qizil furiya» Argentinani kichik 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Shunchaki hayratlanarli. Bu juda go‘zal lahza. Ushbu yoshlar bilan hozirda Ispaniyada oltin avlod shakllandi. Jahon kubogini qo‘lga kiritganimizdan juda xursandmiz. Biz eng kuchli jamoa ekanimizni bilamiz. Terma jamoamiz yuqori klass ko‘rsatdi va munosib tarzda g‘alaba qozondi», — deya yarim himoyachining so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.

Ta’kidlash joizki, Ispaniya terma jamoasi ikki karra jahon chempioniga aylandi. «Qizil furiya»ning ilk muvaffaqiyati 2010 yilga to‘g‘ri keladi.

Ўхшаш янгиликлар