
- O'yin haqida fikringiz?
- Yaxshi raqibga qarshi qiyin o'yinni o'tkazdik. Bir qancha vaziyatga ega bo'ldik, ikkita gol urdik, yana bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Hisobni saqlab qoldik va g'alaba qozondik.
- Jamoangiz safida kim eng yaxshi o'yinchi bo'ldi?
- Men odatda futbolchilarni ajratmayman va umumiy jamoa haqida gapiraman. Ko'pincha muxlislar va jurnalistlar eng yaxshilarni aniqlashadi. Muhimi, intizomli futbol namoyish etib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Buning uchun hammaga rahmat.