MLS: Suaresning penaltidan urgan goli «Inter Mayami»ga «Monreal» ustidan g‘alaba keltirdi (Videosharh)

  • Mr.NoBoDy 26.07.2026 09:33
  • 205
  • 30

«Inter Mayami» MLS muntazam chempionatining safardagi o‘yinida «Monreal»ni mag‘lubiyatga uchratdi — 1:0.

Yagona golni 81-daqiqada penaltidan hujumchi Luis Suares kiritdi. 2026 yilgi mavsumda 39 yoshli futbolchi 14 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Suares ketma-ket 3 ta o‘yindan beri maydonni golsiz tark etmayapti.

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyingi ta’til sababli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

«Inter Mayami» 17 ta o‘yinda 37 ochko jamg‘arib, MLS Sharqiy konferensiyasi jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. «Monreal» (17 ta o‘yindan so‘ng 15 ochko) esa 13-o‘rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар