
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nyu-Yorkni tark etib, Jahon chempionati–2026da ishtirok etish uchun Atlanta shahriga yo‘l oldi.
«Xayr, Nyu-York. Salom, Atlanta! O‘zbekiston terma jamoasi FIFA jahon chempionatida ishtirok etish uchun Atlantaga yo‘l oldi», — deyiladi jamoa matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun bo‘lajak mundial tarixda birinchi jahon chempionati hisoblanadi. Jamoa K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va DR Kongo bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston o‘zining ilk uchrashuvini 18 iyun kuni "Asteka" stadionida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Keyin 24 iyun kuni Xyustonda Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yin esa 28 iyun kuni Atlantadagi "Mersedes-Bens" stadionida Kongoga qarshi bo‘lib o‘tadi.