Abdurauf Bo'riev "Paxtakor"ga nima yetishmayotganini aytdi

  • Mr.NoBoDy 27.07.2026 12:08
  • 519
  • 30

"Paxtakor" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Derbi o'z nomi bilan derbi. "Paxtakor" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligi doim qiyin o'yin bo'lib kelgan. Bunday o'yinlarda tarkib va boshqa omillar ahamiyatini yo'qotadi. Hamma bor kuchi bilan kurashadi. O'z imkoniyatidan unumli foydalangan jamoa g'alaba qozonadi", - deydi Bo'riev.

- "Paxtakor" ketma-ket 3 ta o'yindan beri gol urgach, hisobni ushlab qolish uchun o'ynamoqda. Bu ko'proq nima bilan bog'liq: jismoniy yoki ruhiy omilmi?

- O'yin dinamikasiga, havo haroratiga bog'liq. Raqib ham qarab turmaydi, hisobdan kelib chiqib hujumga o'tadi. Orqa chiziqda ehtiyotkorlikni saqlagan holda qarshi hujumlarga chiqyapmiz, faqat ikkinchi gol yetishmayapti.

- Raqibdagi muammolar fonida ustunlik "Paxtakor" tomonida bo'ldimi?

- "Paxtakor"ga qarshi hamma ikki karra kuch bilan tayyorlanadi. Derbida bu kabi omillar katta rol o'ynamaydi.

DSC_1373.JPG

Ўхшаш янгиликлар