Norvegiya Trampga "Tinchlik mukofoti" topshirilgani yuzasidan shikoyat qildi

  • Mr.NoBoDy 03.06.2026 00:48
  • 8365
  • 30

Norvegiya FIFAning siyosiy betaraflikni saqlab qolishi uchun tashkilot rahbariyatiga "Tinchlik mukofoti"ni topshirishni to'xtatish bo'yicha murojaat qildi.

Norvegiya futbol federatsiyasi (NFF) rahbari Lize Klavenessning ma'lum qilishicha, federatsiya FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan yo'llangan shikoyatni qo'llab-quvvatlagan va bu haqda xalqaro tashkilotga rasmiy maktub yuborgan.
NFF "FairSquare" inson huquqlari tashkilotining poziciyasini qo'llab-quvvatlagan holda, Donald Trampni taqdirlash FIFA ustavidagi siyosiy betaraflik qoidalariga zid kelishini tekshirishni talab qilgan.
Lize Klavenessning takidlashicha, ushbu maktub ayrim siyosiy reakciyalarni keltirib chiqargan bo'lsa-da, Norvegiya jahon chempionati yakunlanganidan so'ng jarayonni kuzatish va bosimni oshirishda davom etadi.
Budapeshtda bo'lib o'tgan uchrashuvda FIFA vakillari bilan konstruktiv suhbat o'tkazilgan va Norvegiya o'z poziciyasi bo'yicha boshqa federatsiyalardan ham qo'llab-quvvatlov olgani qayd etilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar