
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCHda g‘alaba qozonish uchun jamoaga qanday fazilatlar kerakligini aytib o‘tdi.
Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Bugun tunda jamoa o‘rtoqlik uchrashuvida Gonduras ustidan g‘alaba qozondi (2:0).
"Jahon chempionatida biz to‘p bilan yaxshi himoyalandik, ammo shu bilan birga maydonda "mehnat qilishni" ham bildik. Jamoa bor kuchini berishi kerakligini tushungan paytlar bo‘ldi. Jahon chempionatida aynan mana shuni uddalay oladigan jamoa g‘alaba qozonadi. Shunday daqiqalar bo‘ladiki, unda chidash (sabr qilish) kerak. Ayrim vaziyatlarda to‘liq himoyaga yotishga to‘g‘ri keladi va biz buni uddalay olamiz.
Qatardagi Jahon chempionati muvaffaqiyatini takrorlashmi? Biz nimanidir takrorlash haqida o‘ylamayapmiz. Agar muvaffaqiyat yana kelsa — ajoyib, agar unday bo‘lmasa, xotirjam bo‘lishimiz kerak, chunki biz bor kuchimizni qoldirmasdan berganimizni bilamiz", — dedi Skaloni.