
Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Petkovich shartnomasini 2028 yilning 31 iyuliga qadar uzaytirdi.
Shveysariyalik mutaxassis “yashillar”ni 2024 yilning fevral oyida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jazoirliklar JCH-2026ga osonlik bilan yo‘llanma oldi va Afrika Millatlar Kubogining chorak finaliga qadar yetib bordi.
Jazoir terma jamoasi JCH-2026ni 17 iyun kuni Argentinaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. So‘ngra jazoirliklar guruh bosqichida Iordaniya (23 iyun) va Avstriya (28 iyun) bilan o‘ynaydi.