Bunaqasini eshitmagansiz! La Liga klubi egalari o'z jamoasi quyi ligaga tushib ketishi uchun 1 ,1 mln. dollar tikkan ekan

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 14:08
  • 649
  • 30

"Osasuna" egalari so'nggi tur oldidan o'z jamoalarining La Ligadan tushib ketishiga pul tikdi.

Klubning ma'lum qilishicha, ular "Howden" kompaniyasida quyi ligaga tushib ketish holati uchun sug'urta himoyasini rasmiylashtirgan. Polis narxi 1,3 million evroni tashkil etgan, Segundaga tushib ketilgan taqdirda esa potencial to'lov 6 million evroga yetishi mumkin edi.

Moliyaviy xatarlarni xedjirlash uchun kompaniya "Kalshi" prognozlar birjasida "Osasuna"ning Segundaga tushib ketishiga 1,1 million dollar miqdorida garov tikdi. Klub rahbariyati La Liga mutasaddilari bitimning barcha tafsilotlaridan xabardor bo'lganini bildirdi.

Yakunda so'nggi turda "Osasuna" safarda "Xetafe"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi, ammo "Elche" bilan bahsda (1:1) uch ochkoni qo'lga kirita olmagan "Jirona"ning omadi kelmagani sababli La Ligadagi o'rnini saqlab qoldi.

Ўхшаш янгиликлар