Jazoir terma jamoasi hujumchisi: «Biz Messini mag‘lub etamiz»

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 15:11
  • 670
  • 30

Leverkuzenning «Bayer» klubi va Jazoir terma jamoasi hujumchisi Ibrahim Maza o‘z jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinidan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi. 17 iyun kuni jazoirliklar «J» guruhi 1-turi doirasida Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Ular ko‘p provokasiya qilishadi, lekin biz xotirjamlikni saqlashimiz, bor kuchimizni ishga solishimiz va aql bilan o‘ynashimiz kerak — bundan nima chiqishini ko‘ramiz. Xudo xohlasa, biz Messini mag‘lub etamiz", — deya hujumchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal nashri.

Argentina bilan o‘yindan so‘ng Jazoir milliy terma jamoasi Avstriya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi. Ma’lumot uchun, Jazoir o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani 2014 yilgi mundialda qayd etgan. O‘shanda afrikaliklar 1/8 finalgacha yetib borishgan edi.

Ўхшаш янгиликлар