"Meni taniysizmi?" Messi "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Gudonsenning o'g'lini tanimadi, keyin esa uni bag'riga bosib, samimiy suhbatlashdi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 16:48
  • 382
  • 30

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o'zining "Barselona"dagi sobiq jamoadoshining o'g'li bilan ko'rishdi.

Lionel Skaloni shogirdlari o'rtoqlik uchrashuvida Islandiyani yirik hisobda mag'lub etdi (3:0). 38 yoshli "Inter Mayami" hujumchisi ikkinchi bo'limda maydonga tushib, penaltidan gol urdi.

Uchrashuvdan so'ng islandiyaliklar hujumchisi Daniel Gudonsen Messi oldiga kelib, uning otasi Eydur o'tmishda Leo bilan "Barselona"da birga o'ynaganini tushuntirdi.

Messi va kichik Gudonsen qo'l berib ko'rishdi, bag'riga bosishdi va samimiy suhbatlashishdi.

O'yindan keyin Messi jurnalistlarga uni darhol tanimaganini aytdi: "U mendan: "Meni eslaysanmi?" deb so'radi. Men hayron qoldim. Rostdan ham eslay olmadim, o'sha paytda u juda kichik bola edi".

Eydur Gudonsen 2006–2009 yillarda "Barselona" safida Messi bilan birga to'p surgan. 2008/09 mavsumida u kataloniyaliklar bilan Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasini yutib, treblga erishgan.

Ўхшаш янгиликлар