Mourinyuning "Real"dagi taqdimoti iyul oyida bo'lib o'tadi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 18:48
  • 851
  • 30

"Real" Joze Mourinyuni bosh murabbiy sifatida rasman tanishtirish marosimini kechiktirdi.

Jurnalist Arancha Rodrigesning ma'lum qilishicha, Madrid klubi Mourinyuni iyul oyida matbuot va muxlislarga tanishtirishni rejalashtirmoqda. Bu ma'lumotni insayder Fabricio Romano ham tasdiqladi.

Kecha kechqurun Mourinyu "Real" rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda klub strategiyasi va ayrim futbolchilar masalasi muhokama qilingan.

"Benfika"dan 15 million evro evaziga kelayotgan Mourinyu faoliyatida ikkinchi marta "Real"ni boshqaradi. U 2010–2013 yillarda ham Madrid klubini boshqarib, Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g'olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар