Fabio Kannavaro: «Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, maydonda bor kuchimizni beramiz va oxirgi soniyagacha kurashamiz»

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 14:44
  • 548
  • 30

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro AQSHning Atlanta shahriga yetib kelgach, FIFA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Albatta, bu ajoyib tuyg‘u. Jahon chempionatida ishtirok etish har bir insonning orzusi. Nihoyat, biz Atlantadamiz. Mashg‘ulotlarni boshlashni, o‘yin o‘tkazishni va bu jarayonlardan zavqlanishni intizorlik bilan kutyapmiz.

Odatda JCHga tayyorgarlik ko‘rish oson bo‘lmaydi. Uning kichik muammolari bo‘ladi. Lekin biz imkon qadar eng yaxshi holatda bo‘lishga harakat qilamiz. Birinchi o‘yinga ko‘p vaqt qolmadi. Bu bahsga tayyor bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz.

O‘zbekistonliklarga shuni aytishim mumkinki, biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, maydonda bor kuchimizni beramiz va oxirgi soniyagacha kurashamiz. Chunki, biz dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklar biz bilan faxrlanishlarini istaymiz", — dedi Kannavaro.

Ўхшаш янгиликлар