
"Menimcha, eng yaxshi o'yinchilarni chaqirish kerak. Agar biz bu Jahon chempionatida g'olib chiqmoqchi bo'lsak, bizda o'ynay oladigan atigi 13, 14 yoki 15 ta o'yinchi bor. Zayavkadagi qolgan futbolchilarga qarasam, ular maydonga tushadiganlar bilan raqobatlasha olishiga ishonchim komil emas.
Avvalambor, u [Tuxel] menga juda yoqadi. Men uning "Chelsi"dagi ishini ko'rganman, u yerda murabbiylik qilganida Chempionlar ligasida bizga muvaffaqiyat olib kelgan. U muhim qarorlar qabul qilishdan qo'rqmasligi menga yoqadi va o'ylaymanki, biz buni ko'rdik.
Ammo u Jahon chempionatiga bazi o'yinchilarni chaqirmagani bilan kelisha olmayman. Birinchi navbatda, Xarri Maguayr. Chap qanot himoyasida Lyuk Shou. Biz O'Raylini chap qanot himoyachisi sifatida ko'ryapmiz – menimcha, unga Lyuk Shou kabi yordam bera oladigan, tinchlantiradigan, biroz maslahat bera oladigan odam kerak, chunki u kelgusi Jahon chempionatlarida bizning kelajagimiz. Koul Palmer – bu yana bir muhim qaror.
Shunday qilib, o'ylaymanki, u uch yoki to'rtta qarorda xato qildi. O'ylaymanki, Jahon chempionatida qanchalik uzoqqa borsangiz, sizga eng yaxshi o'yinchilaringiz shunchalik ko'proq kerak bo'ladi.
Men [Maguayr]ni Den Berndan ko'ra yaxshiroq o'yinchi deb hisoblayman va agar boshqa ikki nafar [himoyachi], xoh u Jon Stounz bo'lsin, xoh boshqasi, jarohat olsa, men ularning o'rniga Xarri Maguayr tushishini istardim. O'ylaymanki, u standart vaziyatlarda va o'yin oxirlarida har doim katta xavf tug'diradi – bilaman, Den Bern ham chap qanot himoyasida o'ynaganida xavf tug'diradi. Ammo men har doim Maguayrni tanlayman", – dedi Terri Sports Uncensored nashriga bergan intervyusida.