Romano tasdiqladi: Germaniya terma jamoasi himoyachisi "Bavariya"ga o‘tmoqda

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 23:26
  • 30
  • 30

Insayder Fabrisio Romano o‘zining shaxsiy ijtimiy tarmoqdagi sahifasida Nataniel Braunning "Bavariya"ga o‘tayotganini tasdiqladi.

Avvalroq xabar berilganidek, qanot himoyachisi Germaniyaning top-klubiga 55 million yevro evaziga transfer qilinadi. Uning "Bavariya" bilan imzolaydigan shartnomasi besh yilga (2031 yilgacha) mo‘ljallanadi.

Braun 23 yoshda bo‘lib, uning asosiy ampluasi — chap qanot himoyachisi hisoblanadi. U 2024 yilning qishidan buyon Frankfurtning "Ayntraxt" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Futbolchi "Nyurnberg" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

"Bavariya"ning bo‘lajak yangi a’zosi ayni paytda Germaniya terma jamoasi safida Shimoliy Amerikada o‘tayotgan Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Jamoaning oldinda Ekvador terma jamoasiga qarshi uchrashuvi mavjud bo‘lib, unda Braun sog‘lig‘idagi kichik muammolar tufayli maydonga tusha olmaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar