"Arsenal" Braziliya terma jamoasi a’zosini nishonga oldi — dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tdi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 23:26
  • 36
  • 30

"Arsenal" klubi o‘z tarkibini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. "Daily Mail Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, "kanonirlar" ustozi Mikel Arteta "Nyukasl" hamda Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, "Arsenal" Gimaraesning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazib ulgurgan. Endilikda "Nyukasl" londonliklardan braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif kutmoqda.

Shu bilan birga, "Arsenal" radarlarida boshqa yarim himoyachilar ham borligi qayd etilgan.

Nufuzli Transfermarkt portali 28 yoshli Bruno Gimaraesning qiymatini 70 million yevroga baholamoqda. Braziliyalik futbolchining "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar