"Manchester Yunayted" Germaniya terma jamoasi a’zosiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 23:13
  • 36
  • 30

Dortmundning "Borussiya" klubi hamda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Felik Nmecha bir nechta top-klublar radarlarida turibdi. Sky Germany nashri jurnalisti Patrik Bergerning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Manchester Yunayted" futbolchiga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada kuchaytirgan.

Bundan tashqari, Feliksning atrofidagi vaziyatni "Manchester Siti", "Liverpul" va Madridning "Real" klublari ham diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Biroq, ayni damda Nmecha bor e’tiborini Jahon chempionatidagi ishtirokiga qaratgan.

25 yoshli Feliks Nmechaning qiymati nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 50 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar