
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angliyaning "Liverpul" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "Liverpul" 23 yoshli xavbekning ehtimoliy transferi bo‘yicha "qaymoqranglilar" qarorgohiga so‘rov yuborgan. Xabar qilinishicha, "Real" va bosh murabbiy Joze Mourinyo fransuz yarim himoyachisi bo‘yicha keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Kamavinganing o‘zi faoliyatida yangi chaqiruvga shay turibdi. "Real" esa Londonning "Chelsi" klubi yulduzi Enso Fernandesni sotib olishni istayotgani sababli fransuz futbolchisini sotib yuborishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.