"Chelsi" himoyachi bilan kelishuvga erishdi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 18:52
  • 18
  • 30

"Kristal Pelas" klubi markaziy himoyachisi Maksans Lakrua faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "Chelsi" 26 yoshli fransiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Agar transfer amalga oshsa, Lakrua klub bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi. Endilikda poytaxt jamoasi "burgutlar" bilan kelishuvga erishish ustida ish olib bormoqda. Mish-mishlarga qaraganda, transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Lakrua barcha turnirlarda jami 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va o‘z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar