Mourinyuga "yangi Modrich" kerak

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 18:52
  • 21
  • 30

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo rahbariyatdan tarkibni kuchaytirishni talab qilishda davom etmoqda.

MARCA nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub boshliqlaridan ikkita pozisiya uchun futbolchi so‘ragan. Mourinyo markaziy himoyachi, shuningdek, maydon markaziga Luka Modrich profiliga mos keluvchi o‘yinchi sotib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo joriy yozda "Real" boshqaruvini qo‘lga oldi. U bosh murabbiylik lavozimida Alvaro Arbeloani almashtirdi.

Yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" birorta ham sovrin qo‘lga kirita olishmadi. Ispaniya chempionati turnir jadvalida jamoa ikkinchi o‘rinni egalladi. Ularning "Barselona"dan ortda qolishi ikki ochkoni tashkil etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar