
Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek baribir Madridning "Real" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "qaymoqranglilar" 26 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashdi. Avvalroq u jarohat olib, Jahon chempionati — 2026 musobaqasidagi ishtirokini muddatidan oldin yakunlagan edi. Shundan so‘ng Ispaniya klubi bir oz tanaffus qildi, biroq Shlotterbekni sotib olish fikridan butunlay voz kechgani yo‘q. Ushbu kelishuv amalga oshish-oshmasligini aniqlashda yaqin haftalar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Yakunlangan klub mavsumida 26 yoshli Shlotterbek barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va o‘z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.