Uayt "Arsenal"ni APLning boshqa klubiga almashtirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 13:39
  • 36
  • 30

Londonning "Arsenal" klubi o‘ng qanot himoyachisi Ben Uayt Premyer-liganing boshqa bir vakili e’tiboriga tushdi.

28 yoshli futbolchiga "Everton" da’vogarlik qilmoqda. Arsenal Radar nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "irislar" bosh murabbiyi Devid Moyes angliyalik himoyachini o‘z o‘yin tizimiga ideal darajada mos keladi deb hisoblamoqda. Ehtimoliy transfer qiymati taxminan 30 million funt sterlingni (atrofida 35 million yevro) tashkil etadi.

Ben Uayt yakunlangan mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Mavsum yakunini esa futbolchi tizzasidan olgan jarohati sababli o‘tkazib yubordi. Ushbu jarohat uni Angliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatiga borish imkoniyatidan ham mahrum qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar