"Manchester Yunayted" shotlandiyalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 11:52
  • 54
  • 30

Shotlandiya terma jamoasi golkiperi Angus Gann faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

30 yoshli futbolchi erkin agent maqomida turibdi – uning "Nottingem Forest" bilan shartnomasi shu oyning oxirida yakuniga yetadi. Transfer News Live nashrining The Sun gazetasiga tayanib xabar berishicha, "qizil iblislar" shotlandiyalik posbonni taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda – unda jamoaning tajribali zaxira darvozabonini ko‘rishyapti.

Yakunlangan mavsumda Angus Gann "o‘rmonchilar" safida Premyer-ligada bor-yo‘g‘i bir marta maydonga tushdi. Bungacha u "Norvich", "Sautgempton", "Stok Siti" va "Manchester Siti" klublari sharafini himoya qilgan.

JCH-2026 turnirida Gann Shotlandiya terma jamoasining guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan to‘rtta to‘p o‘tkazib yubordi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar