
Kataloniyaning «Barselona» klubi jamoada ijara asosida to‘p surgan hujumchi Markus Reshfordning transfer huquqini sotib olmaydigan bo‘ldi.
ElNacional.cat nashrining xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku angliyalik futbolchiga «Barselona» uni hatto pasaytirilgan narxda ham sotib olishdan manfaatdor emasligini ma’lum qilgan. Endilikda hujumchining oldida ikkita yo‘l bor — «Manchester Yunayted»da qolish yoki o‘ziga yangi jamoa izlash.
Ma’lumot uchun, Markus Reshford 2025 yilning iyul oyidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvardning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali Reshfordning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.