«Atletiko» Alvaresni «Barselona»ga sotishga tayyor — transfer bahosi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy23.06.2026 06:26
  • 63
  • 30

O‘tgan hafta oxirida Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares klub rahbariyatiga jamoani tark etish variantini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Sport.es nashri jurnalisti Ugo Skochchia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi bir necha oy avval tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvga amal qilinishiga umid qilmoqda. Unga ko‘ra, agar «Barselona» transfer uchun 90–100 million yevro taklif qilsa, «Atletiko» Alvaresni kataloniyaliklar safiga qo‘yib yuborishga tayyor.

22 iyun kuni Alvares omma oldida ham «Atletiko»ni tark etish istagini bildirgan. U 2024 yil yozidan buyon madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar