«Ayaks» «Barselona» himoyachisini ijaraga olishga qiziqmoqda

  • Mr.NoBoDy22.06.2026 20:39
  • 39
  • 30

«Barselona» keyingi mavsum uchun qanot himoyachilari chizig‘ini shakllantirish ustida ish olib bormoqda. Klubning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi Xofre Torrentsning kelajagi hozircha noma’lum bo‘lib qolayotgan masalalardan biridir. Kataloniyaliklar lateralni ijaraga yuborish niyatida va futbolchiga asosiy da’vogar Amsterdamning «Ayaks» klubi hisoblanadi, deya xabar beradi «Mundo Deportivo».

O‘tgan yozda Torrents «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi bilan mavsum oldi tayyorgarlik jarayonini o‘tkazgan va Xansi Flik qo‘l ostida debyut qilishga ulgurgan edi. Biroq himoyachi chap to‘pig‘idan olgan jarohati sababli mavsumning ikkinchi yarmini deyarli to‘liq o‘tkazib yubordi. «Barselona» rahbariyati kafolatlangan o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan klubdagi ijara futbolchining yanada rivojlanishiga yordam beradi deb umid qilmoqda.

Torrents transferiga «Ayaks» bosh murabbiyi Michel Sanchesning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar