«Barselona» darvozabonini sotmoqda: kelishuvga erishildi

  • Mr.NoBoDy22.06.2026 20:26
  • 57
  • 30

«Barselona» golkiperi Inyaki Penya faoliyatini Gresiyaning «Panatinaikos» klubida davom ettiradi. Bu haqdagi ma’lumot bilan MARCA nashri bo‘lishdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvni to‘liq hal qilib bo‘lishgan. Penyaning transferi «Panatinaikos»ga 3 million yevroga tushadi. Darvozabon grek klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham bo‘ladi. Hujjatlar bugun ertalab yoki ertaga kechqurun imzolanishi kutilmoqda.

Penya — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 27 yoshli ispaniyalik posbon yakunlangan mavsumni ijara asosida «Elche»da o‘tkazdi va Ispaniya chempionati doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol o‘tkazib yubordi.

Transfermarkt portali mutaxassislari darvozabonning transfer bahosini 4 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar