«Chelsi» Uortonni 86 million yevroga sotib olishga yaqin

  • Mr.NoBoDy22.06.2026 20:26
  • 33
  • 30

«Kristal Pelas»ning tayanch yarim himoyachisi Adam Uorton yaqin vaqt ichida «Chelsi»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda sobiq agent, hozirda esa jurnalist sifatida faoliyat yuritayotgan Jon Xerriott xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Chelsi» Adam Uortonning transferi bo‘yicha 86 million yevrolik kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, futbolchining o‘zi ham katta klubda to‘p surish ishtiyoqida bo‘lgani uchun «Chelsi»ga o‘tishni xohlamoqda.

Shu bilan birga, «burgutlar» «Chelsi» bilan himoyachi Aksel Disasining 23 million yevrolik transferi bo‘yicha ham muzokaralar olib borishmoqda, biroq bu kelishuv Uortonning transferiga hech qanday aloqador emas.

Yakunlangan mavsumda Uorton barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar