«Milan» «Tottenxem» futbolchisini kuzatmoqda

  • Mr.NoBoDy22.06.2026 20:13
  • 33
  • 30

«Tottenxem»ning markaziy yarim himoyachisi Lukas Bergvall Italiyaning «Milan» klubi radariga tushdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, «Milan» 20 yoshli xavbekning «Tottenxem»dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Yosh yarim himoyachi «shporlar» lageridagi kelajagiga shubha bilan qarayotgan ko‘rinadi va jamoadan ketish haqida o‘ylamoqda. «Milan» esa ayni damda kutish pozisiyasida va voqealar rivojini poylayapti.

Bundan oldinroq Bergvall xizmatlariga Angliyaning yana ikki klubi — «Chelsi» va «Aston Villa» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Yakunlangan mavsumda Bergvall «Tottenxem» tarkibida barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan, uning transfer bahosi esa Transfermarkt portali tomonidan 35 million yevroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar