«Roma» Grinvudni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy22.06.2026 20:13
  • 30
  • 30

«Marsel»ning 24 yoshli vingeri Meyson Grinvud faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin.

Repubblica nashriga ma’lum bo‘lishicha, «Roma» «Marsel» klubiga 75 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Biroq rimliklar ayni damda Fransiya klubiga faqatgina 20 million yevro o‘tkazib berishni, qolgan 55 million yevrolik to‘lovni esa ikki yoki uch yilga bo‘lib to‘lashni rejalashtiryapti.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «Roma» Grinvudning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Agar ushbu transfer amalga oshsa, futbolchi yiliga 5 million yevro maosh oladi va bu miqdor bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Yakunlangan mavsumda Grinvud barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar